價格:免費
更新日期:2019-07-20
檔案大小:6.0M
目前版本:3.0
版本需求:Android 4.1 以上版本
官方網站:http://android-bible.com
Email:contato@android-bible.com
聯絡地址:隱私權政策
Qo`y
Buzoq
Egizaklar
Qisqichbaqa
Arslon
Parizod
Tarozi
Chayon
O`qotar
Tog` echkisi
Qovg`a
Baliq
Astrologiya (yun. ἀστήρ — „yulduz“ va λόγος — „qayd“) astronomik hodisalar va odamlar dunyosidagi voqealar orasida aloqa bor, degan ishonchlar majmuidir. Gʻarbda astrologiya asosan shaxsiyatning tarzi va hayoti u tugʻilgan paytda Quyosh, Oy va boshqa osmon jismlarining joylashuviga bogʻliq ekanligini iddao etuvchi burjlar tizimidan iborat. Hind, xitoy va maya kabi turli madaniyatlarda yerdagi voqealarga astronomik hodisalarning muhim taʼsiri bor, deb hisoblanadi.
Hind-Yevropa xalqlari orasida astrologiyaning ildizlari eramizdan avvalgi uchinchi mingyillikka borib taqaladi; fasllarni bashorat etish uchun taqvim hisoblashda tarixan odamlar osmon jismlari sikllari orqali ilohiy mavjudotlar yerliklar bilan aloqa oʻrnatadi, deb fikrlashgan.
Oʻtmishda astrologiya ilmiy soha, deb qaralgan. U siyosiy va akademik doiralarda qabul qilinib, astronomiya, alkimyo, meteorologiya va tibbiyot kabi boshqa ishlarga kiritilgan.[3] XVII asr oxirida astronomiyada yangi paydo boʻlgan ilmiy konseptlar (geliosentrizm kabi) astrologiyaning ishonchligiga shubha uygʻota boshladi, keyingi tadqiqotlar uning bashorat kuchi mavjudligini koʻrsatmadi.
Shunday qilib astrologiya oʻzining akademik va nazariy oʻrnini yoʻqotdi. Keyinchalik, XIX va XX asrda spiritualizm va New Age oqimlari hamda gazetalardagi munajjimlar bashoratlari tufayli astrologiyaga yana qiziqish uygʻondi.
Astrologiya yuzaki qaraganda fanga oʻxshab ketsa ham, u soxta fandir, chunki u muammolarini yechishga harakat qilmaydi, raqib nazariyalarni baholamaydi, tasdiq va fosh qilishlda taraflilik koʻrsatadi.